Tramp BBC’ga 5 mlrd dollar da’vo qo‘ydi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp **Britaniya teleradiokompaniyasi (BBC)**ga qarshi 5 milliard dollar miqdorida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Da’voga sabab — Tramp fikricha, 2021-yil 6-yanvar voqealariga bag‘ishlangan Panorama hujjatli filmida uning nutqi ataylab buzib montaj qilingan.
Da’vo 15-dekabr kuni Florida shtati sudiga topshirildi. Unda Tramp advokatlari BBC’ni tijorat huquqi normalarini buzishda hamda Trampning chiqishlarini “qasddan, yomon niyat bilan va chalg‘ituvchi tarzda” tahrirlashda aybladi. Da’voga ko‘ra, montaj Kapitoliyga bostirib kirish voqealari fonida Tramp so‘zlarining mazmunini o‘zgartirib yuborgan.
BBC rahbariyati hozircha da’vo yuzasidan rasmiy izoh bermadi. Noyabr oyida korporatsiya montaj uchun uzr so‘ragan, biroq tuhmat bo‘yicha da’volar uchun asos ko‘rmasligini aytib, kompensatsiya to‘lashdan bosh tortgan.
Tramp sudga murojaat qilish niyatini noyabr boshidayoq bildirgan va BBC’ga rasmiy ogohlantiruvchi xat yuborgan edi.
Mojaro The Telegraph gazetasi Maykl Preskott, BBC tahririy standartlar qo‘mitasining sobiq mustaqil maslahatchisi yozgan xizmat yozuvini e’lon qilganidan so‘ng avj oldi. Unda Panorama dasturida Tramp nutqining montaji uning ma’nosini buzib ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Powered by Froala Editor