Tramp Ilon Maskni maslahatchi qilishni rejalashtirmoqda

Dunyo

Donald Tramp, AQSh prezidentligiga qayta saylanishi bilan, Ilon Maskni Oq uyda maslahatchi lavozimiga tayinlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Tramp Ilon Maskni maslahatchi qilishni rejalashtirmoqda
Donald Tramp, Oq uyga qaytib kelgudek bo‘lsa, Ilon Maskni o‘zining maslahatchisi yoki ma'muriyat kabinetining a’zosi sifatida ko‘rishni istayotganini aytdi. Trampning ta'kidlashicha, agar Mask bunga tayyor bo‘lsa, u ushbu taklifni tasdiqlaydi.

Ilon Mask esa, o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida, Trampning taklifiga javoban, ushbu lavozimda xizmat qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Bundan tashqari, Tramp, vitse-prezident Kamala Harris 4-sentyabr kuni Fox News telekanalida rejalashtirilgan debatlardan voz kechganini aytib o‘tdi. Tramp, Harrisning bu qarorini kutilganidek qarshi olganini ta’kidladi.

Debatlardan voz kechilgan kun, Tramp saylovchilar bilan jonli savol-javob sessiyasini o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing