Tramp jamoasining maxfiy muzokaralari fosh bo‘ldi
Dunyo
Politico nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp jamoasi Ukrainadagi prezident Vladimir Zelenskiyning asosiy siyosiy raqiblari bilan yashirin muzokaralar o‘tkazgan. Manbalarga ko‘ra, AQSh ma’muriyatining yuqori martabali to‘rt vakili Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko va sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning yaqin hamkorlari bilan bog‘langan.
Xabarlarga ko‘ra, uchrashuvlarda asosan Ukrainada muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilgan. Mamlakat konstitutsiyasiga binoan, urush holati tufayli saylovlar noma’lum muddatga qoldirilgan. Politico nashri uch nafar ukrainalik deputat va AQSh Respublikachilar partiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti bilan suhbatlarga asoslanib, bunday xulosa bergan.
Donald Tramp so‘nggi haftalarda bir necha bor Ukrainada prezidentlik saylovlarini o‘tkazish kerakligini ta’kidlagan. Uning fikricha, Zelenskiy urushdan charchagan saylovchilar va korrupsiya mojarolari sababli qo‘llab-quvvatlovchilarini yo‘qotmoqda.
"Saylovlarni o‘tkazish vaqti keldi. Shuningdek, barcha bu pullar qayerga ketganini tushunish lozim. Chunki Zelenskiy ularning yarmidan qanchasi qayerga ketganini bilmasligini aytdi yoki shunga o‘xshash gaplar qildi", — degan edi Tramp 19-fevral kuni Mayamida bo‘lib o‘tgan tadbirda. Shuningdek, u Zelenskiyni "saylovsiz diktator" deb atagan.
Ushbu bayonot ko‘plab davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT tomonidan tanqid qilindi. Keyinchalik Tramp o‘z so‘zlarini inkor etib, Zelenskiyni diktator deb atamaganini ta’kidlagan. Ukraina Oliy Radasi esa Zelenskiyning prezidentlik vakolati qonuniy ekanini tasdiqladi.
Garchi Tramp jamoasi Zelenskiy saylovchilar ishonchini yo‘qotayotganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, so‘nggi ijtimoiy so‘rovlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Survation kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ukrainaliklarning 44 foizi Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlagan.
Uning eng yaqin raqibi, Ukrainadagi sobiq Qurolli Kuchlar bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy undan 20 foiz orqada qolmoqda. Pyotr Poroshenko 10 foiz, Yuliya Timoshenko esa 6 foizdan kam respondentning qo‘llab-quvvatloviga ega.

Powered by Froala Editor