Tramp ma'muriyati Oq uydagi kelishmovchiliklar fonida Maliga zarba berish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Malida faoliyat yuritayotgan va "Al-Qoida" bilan bog‘liq bo‘lgan "Jama'at Nusrat al-Islom val-Muslimin" (JNIM) guruhiga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. The Washington Post manbalariga ko‘ra, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan va yuqori lavozimli amerikalik amaldorlar orasida ehtimoliy zarbalar yuzasidan yagona pozitsiya mavjud emas.

Tramp ma'muriyati Oq uydagi kelishmovchiliklar fonida Maliga zarba berish masalasini ko‘rib chiqmoqda
Nashrning yozishicha, Oq uy JNIMga nisbatan turli harbiy variantlarni muhokama qilmoqda. Ma'muriyat vakili prezident bunday operatsiyani ma'qullashni rejalashtirayotganiga izoh bermadi. Shu bilan birga, AQSh Shimoliy va G‘arbiy Afrika davlatlarini terrorizmga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Amerika texnikasi va xizmatlarini xarid qilishga chaqirayotganini bildirdi.

The Washington Post xabariga ko‘ra, Vashington NATOdagi ittifoqchilari va mintaqaviy hamkorlarini Mali, Burkina-Faso va Nigerni birlashtirgan Sahel davlatlari alyansini JNIM hamda "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashga ham chaqirmoqda.

Nashr ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda Mali, Burkina-Faso va Nigerdagi harbiy hokimiyatlar G‘arb bilan aloqalarni qisqartirib, xavfsizlik sohasida Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirgan. Oq uydagi manbalardan biri Rossiya "Mali uchun xavfsizlik bo‘yicha hamkor sifatida samarasiz ekanini ko‘rsatdi", deya ta'kidlagan.

Agar operatsiya ma'qullansa, Mali Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon zarba berish bo‘yicha qaror qabul qilgan sakkizinchi davlatga aylanishi mumkin. Manbalarda ushbu ro‘yxatga Yaman, Somali, Suriya, Eron, Iroq, Nigeriya va Venesuela kiritilgani qayd etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing