Tramp ma’muriyati tan oldi: Muskning DOGE departamenti yopildi
Dunyo
Donald Tramp ma’muriyati ilk bor ochiqchasiga e’tirof etdi: Ilon Musk tomonidan boshqarilgan Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) amalda o‘z faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatgan.
Reuters xabariga ko‘ra, biznesmen Ilon Musk boshqargan Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) sakkiz oy oldin yopilgan. Buni AQSh Federal kadrlar boshqarmasi direktori Skott Kupr tasdiqladi.
Kuprning aytishicha, DOGE “endi mavjud emas” va markazlashgan tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsatmaydi. Departamentning asosiy funksiyalari endilikda Federal kadrlar boshqarmasi tomonidan bajarilmoqda.
Bu — Oq uyning DOGE yopilgani haqidagi birinchi rasmiy bayonoti. Shu bilan birga, yoz faslidayoq prezident va uning jamoasi departament amalda ishlamayotganini ko‘rsatib kelgan. Biroq Tramp o‘z muddatining boshida DOGE faoliyatini 2026-yil iyuligacha davom ettirish to‘g‘risida farmon imzolagan edi.
Departament faoliyati davomida yuzlab davlat xizmatchilari ishdan bo‘shatilgan. DOGE davlat xarajatlarini o‘nlab milliard dollarga qisqartirganini da’vo qilgan, ammo mustaqil moliyaviy ekspertlar buni tasdiqlay olmadi — chunki departament batafsil ochiq hisobot taqdim etmagan.

Powered by Froala Editor