Tramp migrantlarni o‘z vatanlari qabul qilmasa, boshqa davlatlarga deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda

Dunyo

Kelayotgan Tramp ma’muriyati, agar migrantlarning o‘z davlatlari ularni qabul qilishdan bosh tortsa, deportatsiya qilish uchun boshqa davlatlarning ro‘yxatini tuzishni rejalashtirmoqda.

Tramp migrantlarni o‘z vatanlari qabul qilmasa, boshqa davlatlarga deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda
Uchta manbaning aytishicha, ushbu rejalarga Turks va Kaykos orollari, Bagama orollari, Panama va Grenada kabi davlatlar kiritilgan. Bu rejalar minglab yoki hatto yuz minglab migrantlarning o‘zlarini tanimaydigan, madaniyatiga yoki tiliga bog‘liq bo‘lmagan davlatlarda doimiy joylashishiga olib kelishi mumkin.

Ular deportatsiya qilingan davlatlarda ishlash va yashash huquqiga ega bo‘lishlari haqida aniq ma’lumot yo‘q.

2019-yilda, Trampning birinchi prezidentlik davrida, migrantlar Gvatemalaga deportatsiya qilinib, ular bu joy haqida oldindan ogohlantirilmagan edi. Bu siyosat kichik miqyosda davom etib, pandemiya davrida to‘xtatilgan.

AQSh Fuqarolik Erkinliklari Ittifoqi (ACLU) Tramp ma’muriyatining bu siyosatiga qarshi sudga murojaat qilgan. Ularning advokati Li Gelernt: “Bunday siyosat noqonuniy va boshpana izlovchilarni katta xavf ostiga qo‘yadi,” dedi.

Manbalarning aytishicha, Tramp ma’muriyati Meksika davlatidan, AQShdan deportatsiya qilinadigan boshqa davlat fuqarolarini qabul qilishni so‘ramoqda. Shuningdek Bagama orollari va Panama kabi davlatlar bilan muzokaralar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Panama hukumati "bu bo'lmaydigan ish" deb masalaga jiddiy qaramayapti. Bagama orollari bosh vaziri Filipp Devis bu taklifni qat’iyan rad etdi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum esa Tramp ma’muriyati bilan kelishuvga erishishga umid qilmoqda va: “Biz, albatta, barcha odamlar bilan birdamligimizni bildirgan holda, asosan o‘z fuqarolarimizni qabul qilishga e’tibor qaratamiz,” dedi, deb xabar bermoqda NBC NEWS

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing