Tramp Putin bilan ertaga yuzma-yuz suhbatlashadi
Dunyo
AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan kelayotgan seshanba, 18-mart kuni muzokara o'tkazmoqchi. Bu haqida Amerika davlat rahbari yakshanba, 16-mart kuni, Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohidan Vashingtonga yo‘l olganida, prezident samolyoti Air Force One bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, u va Putin AQShning Ukrainada sulh o‘rnatish taklifiga doir "ba’zi bayonotlar" berishga muvaffaq bo‘lishlariga umid qilmoqda.
"Menimcha, Rossiya bilan ishlarimiz ancha yaxshi ketmoqda", – deya Trampning so‘zlarini CNN keltirgan. "Ko‘ramiz, e'lon qiladigan narsamiz bo‘ladimi, ehtimol, seshanba kuniga qadar. Seshanba kuni men Prezident Putin bilan gaplashaman".
"Dam olish kunlari ko‘p ish qilindi. Biz ushbu urushga barham bera olamizmi, shuni bilmoqchimiz. Balki bunga erishamiz, balki yo‘q, lekin bizda juda yaxshi imkoniyat bor deb o‘ylayman", – deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar allaqachon "juda ko‘p narsani" muhokama qilishgan. CNN va AP xabariga ko‘ra, kelgusi muzokaralarda "hududlar" va "energetika zavodlari" masalasi muhokama qilinadi. Tramp ushbu mavzularni "ba’zi aktivlarni bo‘lishish" deb atagan.
13-mart kuni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Vladimir Putin AQShning sulhga oid taklifini ilk bor izohladi. U Moskvada bu taklif "umuman olganda" ma’qullanganini, "biroq ba’zi nozik jihatlar borligini" qayd etdi. Xususan, Rossiya Ukraina armiyasining sulhdan harbiy safarbarlikni davom ettirish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash va qurol-yarog‘ olish uchun foydalanmasligiga kafolat talab qilmoqda.
Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Putin tinchlikka tayyor emas, deya bayonot berdi.
Bu orada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 14-mart kuni Telegram’da "ushbu urushni tez yakunlash va tinchlik o‘rnatish uchun yaxshi imkoniyat" borligini yozdi. "Albatta, biz xavfsizlik kafolatlari haqida o‘ylayapmiz. Albatta, biz sulhni nazorat qilish haqida ham o‘ylayapmiz. Lekin birinchi qadam kerak. Biz bu borada AQSh hamkorlarimiz va Prezident Trampni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz Amerikaga va uning Prezidentiga ishonishni xohlaymiz. Ukraina tezkor va konstruktiv harakat qilishga tayyor. Biz allaqachon ogohlantirganmiz: bu jarayonni sabotaj qilishga harakat qiladigan yagona tomon biz bo‘lmaymiz", – deb yozdi Zelenskiy.

Powered by Froala Editor