Tramp Putindan havsalasi pir bo'lganini aytdi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainada ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bayonotini "umidbaxsh", ammo "to‘liq emas" deb hisoblaydi.
Agar Putin Jidda shahrida o‘tgan muzokaralardan so‘ng AQSh va Ukraina tomonidan ilgari surilgan taklifga rozi bo‘lmasa, bu ko‘ngilni cho‘ktiruvchi holat bo‘ladi, dedi Tramp 13-mart kuni Vashingtonda NATO bosh kotibi Mark Rutte bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
"Kelishuvning ko‘plab tafsilotlari allaqachon muhokama qilingan. Endi Rossiya ishtirok etadimi yoki yo‘q – buni kuzatamiz. Agar yo‘q bo‘lsa, bu butun dunyo uchun nihoyatda hafsalani pir qiluvchi holat bo‘ladi," — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Putin bilan shaxsan uchrashib, o‘t ochishni to‘xtatish taklifini muhokama qilishni xohlaydi.
Bundan oldin Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga muayyan shartlar asosida rozi ekanini aytgan edi.
"Bu sulh uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan va ushbu inqirozning dastlabki sabablarini bartaraf etadigan bo‘lishi kerak," — dedi u Moskvada Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
"Bu 30 kun qanday ishlatiladi? Ukrainada majburiy safarbarlik davom etishi uchunmi? Qurol-yarog‘ yetkazib berilishi uchunmi? Yangi chaqirilgan bo‘linmalar tayyorgarlikdan o‘tishi uchunmi? Yoki bularning hech biri bo‘lmaydimi?" — degan Putinning so‘zlarini "Interfaks" nashri keltiradi.
Rossiya prezidenti, shuningdek, "nazorat va tekshiruv masalalari qanday hal qilinadi?" degan savolni o‘rtaga tashladi. "Bizga bunday holatlar sodir bo‘lmasligiga qanday kafolat beriladi? Nazorat qanday tashkil qilinadi?" — dedi u.
Eslatib o'tamiz, 11-mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSh va Ukraina delegatsiyalari tinchlik bitimi yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida Kiyev AQShning 30 kunlik sulh e’lon qilish taklifiga rozilik berdi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio endi navbat Rossiyaga ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Moskva ushbu tashabbusga ijobiy javob bersa, sulh kuchga kiradi. Keyinchalik esa tinchlik muzokaralari boshlanishi kerak.
Biroq, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 13-mart kuni Rossiya Ukrainada vaqtinchalik sulh emas, balki uzoq muddatli yechimga qiziqayotganini aytdi.

Powered by Froala Editor