Tramp Putinning Ukrainaga muvaffaqiyat tilashini aytdi — Zelenskiyning reaksiyasi e’tiborni tortdi
Siyosat
Donald Tramp Floridada Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga muvaffaqiyat tilayotganini aytdi. Bu bayonot Zelenskiyning istehzoli reaksiyasiga sabab bo‘ldi, biroq tomonlar tinchlik rejasi deyarli kelishib olinganini ta’kidladi.
28 dekabr kuni Floridada Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Undan so‘ng Tramp Rossiyaning Ukrainadan keyingi tiklanishdagi roli haqida bahsli bayonot berdi.
Jurnalistlarning Rossiyaning urushdan keyingi qayta qurilishdagi mas’uliyati haqidagi savoliga javoban Tramp bu masalani Vladimir Putin bilan telefon orqali muhokama qilganini aytdi.
“Ha, Rossiya yordam beradi. Rossiya Ukrainani oxir-oqibat muvaffaqiyatga erishishini xohlaydi. Bu g‘alati eshitilishi mumkin, ammo men prezident Zelenskiyga prezident Putin Ukrainaga muvaffaqiyat tilayotganini tushuntirdim — jumladan, energiya resurslari va elektr energiyasini juda arzon narxlarda yetkazib berish orqali”, — dedi Tramp.
Zelenskiy bu so‘zlarga istehzo bilan munosabat bildirdi: u qoshlarini ko‘tardi, jilmaydi va qisqa “Ha” deb javob berdi.
Tomonlar tinchlik muzokaralarida sezilarli siljish bo‘lganini ma’lum qildi. Trampning aytishicha, reja 90–95 foizga kelishilgan, muzokaralarni cho‘zish esa yangi hududlar yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. U yaqin ikki hafta ichida Zelenskiy bilan yangi uchrashuvlar rejalashtirilganini bildirdi.
Zelenskiy AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatlari to‘liq kelishilganini, AQSh–Yevropa–Ukraina formatida esa deyarli yakunlanganini aytdi. Hududlar masalasini esa eng murakkab va ochiq qolayotgan masala sifatida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy kelishuv parlament yoki referendum orqali tasdiqlanishi mumkin.

Powered by Froala Editor