Tramp Rossiya va Xitoy bilan kuchlarini birlashtirmoqchi

Dunyo

Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadro qurollarini nazorat qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ushbu bayonotni AQSh yetakchisi 13-fevral, payshanba kuni Oq uyda, Oval kabinetda berdi.

Tramp Rossiya va Xitoy bilan kuchlarini birlashtirmoqchi
Trampning umid qilishicha, uch mamlakat kelishuvga erishib, mudofaa budjetlarini ikki baravarga kamaytirishi mumkin. "Bizga yangi yadro qurollarini yaratishning hojati yo‘q, allaqachon yetarlicha bor… Hammamiz juda ko‘p pul sarflayapmiz, bu mablag‘larni boshqa, ancha samarali loyihalarga yo‘naltirish mumkin", dedi AQSH yetakchisi.

Tramp, shuningdek, "Yaqin Sharq va Ukrainadagi masalalarni tartibga solganimizdan so‘ng" bunday muzokaralar boshlanishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

AP agentligi qayd etishicha, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik muddati davomida Xitoyni yadro qurolini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarga jalb etishga harakat qilgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Rossiyaning eng rivojlangan davlatlar klubi — G8 tarkibiga qaytishi to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.  "Men ularning qaytishini juda istardim. Ularni chiqarib yuborish xato bo‘lgan deb o‘ylayman. Gap Rossiya menga yoqadimi yoki yo‘qmi, shunda emas. Bu G8 edi," — dedi Tramp Reuters agentligiga bergan intervyusida.

"Men aytdim: 'Sizlar nima qilayapsiz? Faqat Rossiya haqida gapiryapsiz, lekin ular ham muzokaralar stolida bo‘lishi kerak. Putin bundan mamnun bo‘ladi deb o‘ylayman," — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Ma'lumot o'rnida, Rossiya 1997-yildan 2014-yilgacha "Katta sakkizlik" tarkibida bo‘lgan. Ammo 2014-yilda Qrimning anneksiya qilinishi sababli G8 tarqaldi va guruh G7 formatida faoliyatini davom ettirdi. Hozirda G7 tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing