Trampga ovoz berishga tayyor bo'lganlarning foizi ma'lum bo'ldi

Siyosat

“Reuters” agentligi “Ipsos” xalqaro tadqiqot kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rov natijalari e’lon qilindi.

Trampga ovoz berishga tayyor bo'lganlarning foizi ma'lum bo'ldi
Respublikachilarning aksariyati saylovoldi ichki partiyaviy saylovlarda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Respublikachilar partiyasi tarafdorlarining 49 foizi Oq uyning sobiq rahbari uchun ovoz berishga tayyor. Respublikachilarning 12 foizi Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori, AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyliga, 11 foizi esa Floridaning amaldagi gubernatori Ron Desantisga ovoz berishga tayyor.

Respondentlarning atigi 4 foizi tadbirkor Vivek Ramasvamini qo'llab-quvvatladilar. Boshqa nomzodlar esa 2 foizdan kam qo‘llab-quvvatlandi.

So'rov ishtirokchilarining 18 foizi kimga ovoz berishni istashini hal qilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing