Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makron bilan tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi

Siyosat

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida tungi Samarqand bo‘ylab sayr qildi. Davlat rahbarlari YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Registon majmuasiga tashrif buyurdilar.

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makron bilan tunda Samarqand bo‘ylab sayr qildi
Shu yerda Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron birgalikda suratga tushdi. So‘ng Prezidentlar “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida bo‘ldilar.

Davlat rahbarlari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘ldi. Samarqand jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklaridan biri bo‘lgani, bugun ham xalqaro sammit va turizm markaziga aylanib borayotgani qayd etildi. Mehmonlarga xalqimizning betakror badiiy, hunarmandlik va musiqiy madaniyati namoyish etildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan, oliy darajadagi muzokaralar bugun, 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing