Turk davlatlari tashkiloti yagona onlayn savdo platformasi — Turktrade’ni yaratmoqda
Iqtisodiyot
Turk davlatlari tashkiloti (TDT) doirasida yangi raqamli savdo platformasi — Turktrade ishlab chiqilmoqda. Loyiha logistika kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilar va savdo uylari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga hamda yuk tashishni tezlashtirishga qaratilgan.
Bu haqda Logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi bosh kotibi Asqar Qodirov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turktrade yagona raqamli ekotizim bo‘lib, turkiy davlatlardagi logistlar, ishlab chiqaruvchilar, savdo uylari va transport tizimlarini birlashtiradi. Bu esa savdo jarayonlarini soddalashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va yetkazib berish zanjirlarining shaffofligini ta’minlaydi.
Mazkur tashabbus TDT mamlakatlari o‘rtasida yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va raqamli integratsiyani rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor