Turkiy investitsiya jamg'armasi o'z faoliyatini rasman boshladi

Iqtisodiyot

Istanbulda (Turkiya) Turkiy investitsiya jamg'armasiga (TIF) a'zo davlatlar boshqaruv Kengashining birinchi inauguratsiya Majlisi bo'lib o'tdi.

Turkiy investitsiya jamg'armasi o'z faoliyatini rasman boshladi
Turkiy investitsiya jamg‘armasi turkiy dunyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyasi bo‘yicha birinchi qo‘shma moliya institutidir. Uning dastlabki kapitali 500 million dollarni tashkil qiladi.

Jamg‘armaning asosiy maqsadi turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Turkiya Moliya vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yil oxiriga kelib turkiy davlatlar jahon iqtisodiyotida muhim o‘rinni egallab, iqtisodiy hajmi 1,9 trillion dollarga va aholi soni 178 million kishiga yetadi.

Jamg‘arma turli sohalardagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ular infratuzilma, qayta tiklanuvchi energiya, qishloq xoʻjaligi, turizm, IT va boshqa sohalarni qamrab oladi.

Bunday loyihalarni amalga oshirish yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim 2023-yil 16-mart kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida imzolangan edi. Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkiya ta'sischi mamlakatlar bo'ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing