Turkiya dunyo OAVni ogohlikka chaqirdi
Siyosat
Kuni kecha Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning asosiy raqibi bo‘lgan Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘li Turkiya politsiyasi tomonidan korrupsiya va terrorchilik aloqalari bo‘yicha tergov doirasida hibsga olinganligi, buning asosiy sababi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning qo'rquvi degan xabarlar dunyo OAV'larida yashin tezligida tarqaldi. Shu sababli Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqib bunday xabarlar asossiz ekanligini ma'lum qilib, amaldagi vaziyatga quyidagicha izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan 2 ta tergov harakatlari olib borilmoqda. Terrorizmga oid jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha byuro tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida; Istanbul shahar Hokimi ham shular jumlasidan bo‘lgan 7 kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ushbu tergovda gumonlanuvchilar terrorchilik tashkilotiga yordam berish jinoyatini sodir etganliklari iddao qilinmoqda.
Bu borada Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshlig’i Prof. Dr. Fahrettin Altun ham o'z fikrini bildirdi.
"Boshlangan tergov-surishtiruv ishlarining mazmun-mohiyati, tafsilotlari bilan tanishmay turib, berilgan siyosiy-mafkuraviy baholar orasida Prezidentimizga nisbatan tuhmat va bo’htonlar aytilayotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz.
Turk millati nomidan oʻz vakolatlarini qoʻllayotgan sud organlarimizning mustaqilligiga putur yetkazish, shuningdek, Prezidentimizga daxl qilish, bu mafkuraviy tuhmat harakatlariga qarshi Prezidentimizning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bunday harakatlarga biz bundan keyin ham qarshimiz.
Mustaqil sud hokimiyati tomonidan qabul qilingan har qanday qaror jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan hurmat qilinishi kerakligi haqidagi fikrimizni yana bir bor takrorlaymiz va biz Kommunikatsiya Boshqarmasi sifatida bu jarayonda dezinformatsiyaga qarshi kurashimizni davom ettirishimizni eslatib o‘tamiz.
Fuqarolarimizdan tasdiqlanmagan va shubhali kontentdan ehtiyot bo‘lish orqali ushbu kurashni qo‘llab-quvvatlashlarini hamda har doimgidek rasmiy muassasalar va hokimiyatlarning bayonotlariga ishonishlarini so‘raymiz". deya izohlangan.

Powered by Froala Editor