Turkiya g’azoliklarni davolashni oʻz zimmasiga olmoqda

Dunyo

G'azodan 60 dan ortiq bemor davolanish uchun Turkiyaga keltirildi.

Turkiya g’azoliklarni davolashni oʻz zimmasiga olmoqda
G'azo sektoridan 61 nafar bemor va ularning 49 nafar hamrohi bo'lgan samolyot Misrdan Turkiyaga yetib keldi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ularni Anqara aeroportida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja kutib olgan.

Aksariyati saraton kasalligiga chalingan bemorlar Turkiyaga harbiy transport samolyotlari orqali mamlakat Milliy Mudofaa vazirligiga yetkazilgan.

Fahrettin Kojaga koʻra avvalroq 27 nafar bemor va 13 nafar hamrohlikdan iborat g'azoliklarning birinchi guruhi davolanish uchun Turkiyaga kelgan.

"Men Isroil sog'liqni saqlash vaziriga Turkiya G'azolik bemorlarni davolash maqsadida mamlakatga olib kelish uchun faol harakat qilayotganini aytdim. Bu birinchi navbatda chaqaloqlar va bolalarga tegishli. Men, shuningdek, bir-ikki kun ichida yangi evakuatsiyani rejalashtirayotganimizni ma’lum qildim", dedi vazir.

Shuningdek, Kojaning aytishicha, Turkiya G'azoning xavfsiz hududida dala kasalxonasi yaratish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing