Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani ketma-ket yettinchi marta oshirdi

Iqtisodiyot

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 2003-yil aprelidan beri eng yuqori ko'rsatkichga, 42,2 foizga oshirdi. 2023-yilning may oyida bu ko‘rsatkich 8,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Erdo‘g‘an mamlakat prezidenti etib qayta saylanganidan so‘ng u ketma-ket yettinchi marta oshirildi.

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani ketma-ket yettinchi marta oshirdi
Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 40 foizdan 42,5 foizga oshirdi, bu 2023-yilning iyun oyidan beri ketma-ket yettinchi marta o‘sish bo‘ldi. Regulyatorning Pul-kredit siyosati qo'mitasi o'z qarorini "ichki talabning mavjud darajasi, xizmat ko'rsatish sohasidagi inflyatsiyaning saqlanib qolishi va geosiyosiy xatarlar inflyatsiya bosimini qo'llab-quvvatlamoqda", deb tushuntirdi.

“Trading Economic” ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi marta stavka 2003-yil aprel oyida 44 foizga yetgan.

Bu Turkiya Markaziy banki stavkasini ketma-ket yettinchi marta oshirishidir. Ushbu siklning birinchi o'sishi iyun oyida ro'y bergan, regulyator stavkani deyarli ikki baravar oshirgan — yiliga 8,5 foizdan 15 foizgacha. Iyul oyida bo'lib o'tgan yig'ilishda Turkiya Markaziy banki stavkani 17,5 foizga, avgust oyida - 25 foizga, sentyabrda - 30 foizga ko'targan. Oktyabr yig'ilishidan so'ng stavka 35 foizgacha, noyabr oyida esa 40 foizgacha ko'tarilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing