Turkiya TIV Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasidagi muzokaralar uchun mavzularni ma’lum qildi

Siyosat

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidanning soʻzlariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga boʻlajak tashrifi chogʻida bir qator muhim masalalar, jumladan, energetika sohasi, “Akkuyu” atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi, gʻalla kelishuvi, Suriya va G'azo sektoridagi vaziyat muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Turkiya TIV Erdo‘g‘an va Putin o‘rtasidagi muzokaralar uchun mavzularni ma’lum qildi
«Energetika masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda, boisi Turkiya va Rossiya o'rtasida katta hajmdagi energiya savdosi mavjud. Shuningdek, Rossiya hozirda bu turdagi eng yirik loyihalardan biri bo'lgan “Akkuyu” atom elektr stansiyasini faol ravishda qurmoqda», — dedi janob Fidan “A Haber” turk axborot kanaliga bergan intervyusida.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an bilan uchrashuv chog‘ida dolzarb mintaqaviy voqealar, jumladan, G‘azo sektoridagi vaziyatni ham muhokama qilish rejalashtirilgan. Hoqon Fidan Rossiya bu masala bo'yicha Turkiyaga yaqinroq pozitsiyani egallashini ta'kidladi.

"Gʻalla boʻyicha kelishuv hamisha eʼtiborimiz markazida. Prezidentimiz bu masalaga katta eʼtibor qaratadi va hozir uni amalga oshirish uchun Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz", — deya qoʻshimcha qildi Turkiya TIV rahbari.

“Reuters” agentligining turk manbasiga ko‘ra, Vladimir Putin Turkiyaga 12-fevral kuni tashrif buyurish niyatida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing