Turkiya Ukrainadagi urushni darhol to'xtatishni talab qildi

Dunyo

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan 2-yanvar kuni Belgiya Tashqi ishlar vaziri Bernard Kventin bilan birgalikda o'tkazgan matbuot anjumanida Ukraina urushining tezda to'xtatilishini va uning natijasida yuzaga kelgan "migratsiya, iqtisodiy va boshqa inqirozlar"ning ham bartaraf etilishini talab qildi.

Turkiya Ukrainadagi urushni darhol to'xtatishni talab qildi
"21-asrda Markaziy Evropada yuzlab minglab odamlarning hayotiga zomin bo'lgan va butun bir mamlakatni vayron qilgan urush imkon qadar tezroq to'xtashi kerak. Ushbu urushdan kelib chiqadigan migratsiya, iqtisodiy va boshqa inqirozlar ham imkon qadar tez bartaraf etilishi zarur", — deydi Xakan Fidan Hurriyet gazetasiga bergan intervyusida.

Xakan Fidanning so'zlariga ko'ra, u va Bernard Kventin urushning Evropada va butun dunyoda qanday yakunlanishi haqida o'z fikrlarini bildirishgan va bu masalada o'zaro munozara qilishgan.

Noyabr oyida Fidan, Rossiya-Ukraina urushini hal qilishning adolatli sharti sifatida Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolish kerakligini ta'kidlagan va Ankara Moskva va Kiyev o'rtasida muzokaralar uchun mos keladigan nuqtalarni izlashda davom etayotganligini ma'lum qilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing