Turkiyada 4 qavatli uy qulab tushdi, qurbonlar bor

Dunyo

2025-yil 24-yanvar kuni Turkiyaning Konya shahrida to‘rt qavatli bino qulab tushdi. Voqea markaziy Selchuklu tumanidagi Selchuk mahallasida soat 20:00 atrofida sodir bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar, hodisa joyiga tezda yetib borgan. Jabrlanganlar va qurbonlar borligi ma'lum qilingan.

Turkiyada 4 qavatli uy qulab tushdi, qurbonlar bor
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida besh kishi bino ostida qolgan, va ularning ikki nafari qutqarilib olingan. Hozirda hodisa joyida maxsus ekspert komissiyasi va prokurorlar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda. Bino qulashiga nima sabab bo‘lganini aniqlashga harakat qilinmoqda.

Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaning so‘zlariga ko‘ra, bino ichida 79 kishi yashagan va bino ostida faqat besh kishi borligi ma’lum bo‘lgan. Bino qulab tushganidan taxminan 5 soat o‘tgach, ikki kishi tirik holda vayronalar ostidan chiqarilgan, va yana 7 soat davomida uchinchi odam ham tirik holda olib chiqildi. Afsuski, bir kishining jasadi topilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing