Turkiyada bo'lib o'tayotgan VI Xalqaro etnosport festivali doirasida oʻzbek oshi tayyorlandi

Dunyo

VI Xalqaro etnosport festivali doirasida hamyurtlarimiz ishtirok etishmoqda, deb yozmoqda O‘zbekiston Sport vazirligining matbuot xizmati.

Turkiyada bo'lib o'tayotgan VI Xalqaro etnosport festivali doirasida oʻzbek oshi tayyorlandi
“Milliyligimizni oʻzida mujassam etgan hunarmandchilik buyumlari festival ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbek oshpazlari tomonidan milliy oʻzbek palovi tayyorlanib, festival ishtirokchilariga tarqatildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdog‘an hamyurtlarimiz tomonidan tayyorlangan osh va hunarmandchilik namunalari bilan tanishib, ularni yuqori baholadi.

Eslatib o’tamiz, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi tomonidan oltinchi marta o’tkazilayotgan tadbir Otaturk aeroportida bo‘lib o‘tmoqda. Festivaldan ko‘zlangan maqsad — an’anaviy sport turlari va o‘yinlarini qayta tiklash. 30 davlatdan vakillar ishtirok etadigan festival 9-iyunga qadar davom etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing