Turkmaniston “Do‘zax darvozalari” gaz kraterini o‘chirish usulini o‘ylab topdi

Dunyo

Olimlarning fikricha, muammoning yagona yechimi — krater yaqinida burg‘ilab quduq qazish, bu gazning barcha qatlamlarga yetib borishini ta’minlaydi.

Turkmaniston “Do‘zax darvozalari” gaz kraterini o‘chirish usulini o‘ylab topdi
Turkmaniston xalq orasida “Do‘zax darvozasi” deya nomlanuvchi Darvoza gaz krateridagi olovni o‘chirish loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha tasdiqlanish bosqichida. Bu haqda “TASS” “Turkmangaz” davlat konserni tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasi rahbari Irina Luryevaga tayanib, xabar berdi.

“Biz loyihani ishlab chiqdik, uning asosiy mohiyati ushbu avariyali quduqqa gaz oqimini cheklashdan iborat. Hozir u amaliyotga qo‘llash bosqichida. Ish hali boshlanmagan, lekin uni boshlashdan oldin nazariy o‘rganish kerak. Loyiha allaqachon ishlab chiqilgan, tasdiqlash bosqichida”, dedi Luryeva.

U kon murakkab geologik tuzilishda ekanini tushuntirdi: u yerda juda yupqa qatlamlar bor va ularning aksariyati yuzadan ming metrgacha chuqurlikda yotadi. Olimlarning fikricha, muammoning yagona yechimi — krater yaqinida burg‘ilab quduq qazish, bu gazning barcha qatlamlarga yetib borishini ta’minlaydi.

1971-yilda Sovet geologlari bu joyda yerosti gazi to‘planganini aniqlagan vaqtda paydo bo‘lgan. O‘rnatilgan gaz platformasi bo‘shliqqa tushib ketib, chuqur krater hosil qilgan. Odamlar va chorva mollari uchun zararli bo‘lgan gazlar havoga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular bu yerga o‘t qo‘yishga qaror qilgan. Geologlar yong‘in bir necha kundan keyin o‘chadi, deb o‘ylagan, ammo ular adashgan edi. 50 yil davomida kraterdan ko‘tarilgan gaz kecha-yu kunduz tinimsiz yonmoqda.

2004-yilda Darvaza posyolkasi gazning atrof-muhitga zararli ta’siri tufayli ko‘chirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing