U-17 JCH: O‘zbekiston chorakfinalda Fransiyaga imkoniyatni boy berdi

Sport

U-17 O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi jahon chempionati chorak finalida Fransiyaga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

U-17 JCH: O‘zbekiston chorakfinalda Fransiyaga imkoniyatni boy berdi
Bugun, 25-noyabr kuni Indoneziyada davom etayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi chorak final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Fransiyaga qarshi yarim final yo’llanmasi uchun kechgan bahs yevropaliklarning minimal hisobdagi g’alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golga 83-daqiqada Fransiya terma jamoasi aʼzosi Ismoil Bouneb mualliflik qildi. 65-daqiqada O‘zbekiston hujumchisi Amirbek Saidov tomonidan raqib darvozasiga kiritilgan gol ofsayddan urilgan deb topildi.

Shu tariqa, U-17 Oʻzbekiston terma jamoasi o’z tarixida ikkinchi bor jahonning eng kuchli sakkiz jamoasi orasiga kirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing