Ukraina Rossiyaning Shimoliy Koreya raketalarini qo'llagani haqidagi dalillarni e'lon qildi

Dunyo

Ukraina bosh prokurori ekspert ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari Xarkovni o‘qqa tutishda Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalardan foydalangan. AQSh KXDRdan Rossiyaga raketa yetkazib berilgani uchun sanksiyalar joriy qilgan.

Ukraina Rossiyaning Shimoliy Koreya raketalarini qo'llagani haqidagi dalillarni e'lon qildi
Ukraina Bosh prokuraturasi Rossiya qo‘shinlari tomonidan Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalardan foydalanganlik ehtimoli boʻyicha dastlabki dalillarni oldi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalardan 2-yanvar kuni Xarkovni o‘qqa tutishda foydalanilgan.

“Dastlabki ilmiy-texnik ekspertiza natijalari 2-yanvar kuni Xarkovning markaziy qismiga uchirilgan raketa Shimoliy Koreya tomonidan ishlab chiqilgan qisqa masofaga uchuvchi raketa ekanligini tasdiqladi”, dedi Kostin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda keng qamrovli ekspertiza ishlari amalga oshirilmoqda.

AQSh Davlat departamenti KXDRdan Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazish va sinovdan oʻtkazishda ishtirok etgan uch nafar rossiyalik yuridik va bir jismoniy shaxsga qarshi sanksiyalarni eʼlon qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing