Ukrainaliklarni chiroq o’chirilishiga tayyorlashni boshladilar
Dunyo
Qish mavsumida Ukrainada elektr energiyasi defitsiti kuzatilishi mumkin.
Ukrainaning Yasno energiya kompaniyasi bosh direktori Sergey Kovalenko aholini murakkab energetik vaziyat tufayli mamlakatda chiroq 12 soatlab bo’lmasligiga tayyorlanishga chaqirdi. Bu haqda "Strana.uа" Telegram kanali xabar bermoqda.
"Mening taxminim shundaki, elektr tarmog'ida 30-35% atrofida defitsit bo'ladi. Bu iste'molchilar uchun nimani anglatadi? Agar ular muhim infratuzilmani ta'mirlab, qolganini taqsimlasa, iste'molchilar uchun taqchillik 50%ni tashkil qiladi. Ya'ni, asosiy prognozga ko’ra, chiroq 12 soat bo’lmaydi",— dedi u va yakuniy prognozni avgustda qilish mumkinligini ta'kidladi. Shunda qancha vayron bo'lgan elektr stansiyalarini sovuq tushishiga qadar tiklash mumkinligi aniq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 25-iyun kuni energetika infratuzilmasining shikastlanishi tufayli Ukrainaning to'rtta viloyati — Chernigov, Odessa, Xarkov va Sumi qisman chiroqsiz qoldi.

Powered by Froala Editor