AQSh yordam bermasa, Ukrainaning muqobil rejasi yo’q

Siyosat

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, agar Qo'shma Shtatlar Kiyevga yangi yordam paketini taqdim etmasa, muqobil rejasi yo‘qligini tan oldi.

AQSh yordam bermasa, Ukrainaning muqobil rejasi yo’q
"Biz shunga o‘xshash narsani topishimiz kerak, albatta, topamiz, biz shunchaki turmaymiz, omon qolishimiz kerak. Bizda parallel qadamlar, parallel chiziqlar bo‘lishi shart”, — dedi Zelenskiy Fox News jurnalistining qo’shimcha reja haqidagi savoliga javoban.

Shuningdek, u jurnalistning Avdeyevka Rossiya kuchlari tomonidan bosib olinishi mojaroning yangi bosqichiga sabab bo’ladi, degan fikriga qo'shilmadi. "O'tgan yil biz uchun og'ir bo'ldi, lekin bir amalladik deb o'ylayman", — deya qo'shimcha qildi Zelenskiy, Avdeyevka shunchaki bitta shahar ekanligini ta'kidlab.

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris maʼmuriyatda Ukrainani qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “B” rejasi yoʻqligini, biroq ular bu borada qonunchilik bilan ishlashda davom etishlarini aytgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing