Ulsan rahbariyati O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat vizalarini olishni soddalashtiradi

O'zbekiston

Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Janubiy Koreyaning Ulsan shahri meri Kim Du Gyom o‘rtasidagi muzokaralarda maʼlum qilindi.

Ulsan rahbariyati O‘zbekiston fuqarolari uchun mehnat vizalarini olishni soddalashtiradi
17 mart kuni tomonlar kadrlar tayyorlash va O‘zbekiston fuqarolarini Ulsanning yirik sanoat korxonalariga jalb qilish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Koreya Respublikasi tarixida ilk bor o‘zbekistonlik fuqarolar uchun mehnat vizalarini shaharning hokimiyati orqali soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

Loyihaga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari uch oylik kasbiy tayyorgarlik va koreys tili kurslarini tamomlagach, mehnat vizasini rasmiylashtirib, rasmiy ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, ushbu mexanizm Janubiy Koreyaning boshqa hududlarida ham joriy etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda qonuniy mehnat migratsiyasi asosida ishga joylashtirish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Janubiy Koreya iqtisodiyotining sanoat va boshqa tarmoqlariga O‘zbekiston fuqarolarini jalb qilish bo‘yicha bandlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing