“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O'zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, Haj va umra ziyoratchilariga tarqatiladigan nimcha hamda sumkalar, tanish bilishchilik asosida buyurtmachi va pudratchi o'rtasida amalga oshirilganligi haqidagi xabarlarga O'zbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi uning mazkur vazifaga kirishishdan oldingi faoliyati bilan bog‘liq, deb yozadi O'zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sahifasida.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘z ustav talablariga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy jihatdan nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, hech qanday tijoriy faoliyat bilan shug‘ullanmasligini, diniy idoraning sarf-xarajatlari masjidlar, ziyoratgohlar va turli xayriya ishlaridan tushgan ehsonlar hisobidan qoplanashi haqida so'z borgan.

Shuningdek xabarda, ziyoratchilar uchun kiyim-kechak va sumka tayyorlab beruvchi tashkilotlarni tanlash uchun alohida tender (tanlov) o‘tkazish va tender xulosalarini Jamoatchilik kengashiga kiritish va Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan tenderda g‘olib chiqqan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish belgilanganligi hamda mazkur Nizom bo'yicha ish ko'rilishi ma'lum qilingan.

"Tarqatilgan xabarlardagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi esa uning mazkur vazifaga kirishishdan oldingi faoliyati bilan bog‘liq ekanini alohida taʼkidlash kerak. Olib borilgan tergov jarayonlarida ham Fond mablag‘larini noo‘rin sarflash va o‘zlashtirish holatlari o‘z tasdig‘ini topmagan. Fond o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari va Vasiylik kengashi qarorlari asosida olib boradi. Mazkur Kengash Fond faoliyatining dinimiz talablari va qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini muntazam nazorat qilib boradi", deyiladi O'zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing