Varshavada 300 nafar ukrainalik pasport xizmatini to‘sib qo‘ydi

Dunyo

Uch yuz ukrainalik erkak Varshavada pasport xizmatini to'sib qo'ydi va ularga pasport berilishini talab qilmoqda. Bu haqda Ukrainaning “Strana” nashri ijtimoiy tarmoqlarga tayanib xabar berdi.

Varshavada 300 nafar ukrainalik pasport xizmatini to‘sib qo‘ydi
"Ular yordam, oziq-ovqat va dori-darmonlar olib kelishlarini so'rashmoqda. Barcha erkaklar pasportlari berilgunga qadar qancha vaqt kerak bo‘lsa, turishga tayyor ekanliklarini aytishmoqda", — deya nashr o‘zining Telegram-kanalida ijtimoiy tarmoqlardan olingan xabardan iqtibos keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-aprel kuni Ukrainaning barcha elchixonalariga 18–60 yoshdagi Ukraina fuqarolariga xizmat ko‘rsatishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba frontga ketishning o’rniga xorijda qolishni tanlagan ukrainaliklarga davlat xizmat ko‘rsatmasligini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing