"Vatandosh" kartasi egalari O’zbekistonga vizasiz kirishi mumkin
Dunyo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi qarorga ko‘ra, "Vatandosh" kartasiga ega bo'lgan shaxslar mamlakat hududiga vizasiz kirish va chiqish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
"Vatandosh" guvohnomasi xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag‘batlantirish maqsadida joriy etilgan hujjat bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalariga hissa qo‘shayotgan, shuningdek, davlatlararo do‘stona aloqalarni mustahkamlashda faol bo‘lgan vatandoshlar uchun beriladi.
"Vatandosh" kartasiga ega bo‘lgan shaxslar uchun ko‘plab imtiyozlar taqdim etiladi:
- Vizasiz kirish-chiqish: O‘zbekiston hududiga vizasiz kirish va chiqish imkoniyati yaratiladi;
- Ko‘chmas mulk sotib olish: Chet elliklar uchun belgilangan ko‘chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
- Mehnat faoliyati: Chet el fuqarolariga beriladigan mehnat faoliyati hujjatlari talab qilinmasdan ishlash huquqi taqdim etiladi;
- Davlat xizmatlari: O‘zbekiston fuqarolari uchun belgilangan shartlar asosida tibbiy xizmat, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish huquqi mavjud.
Shu bilan bir qatorda, kartaga ega bo‘lgan shaxsning oila a’zolariga, ya'ni ota-onasi, er (xotin) va voyaga yetmagan farzandlariga ham qator imtiyozlar beriladi:
- Viza muddati uzaytirilganda, davlat boji to‘lanmasdan ko‘p martalab viza olish imkoniyati;
- Tibbiy xizmat, ta’lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
- Vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uzaytirish jarayonlari osonlashtiriladi.
Yangi qaror vatandoshlarimizga yurtimizda ko‘plab imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu, nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy sohada ham O‘zbekiston bilan aloqalarni kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor