Vatanimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakatimizdagi barcha yutuq va islohotlar maqsadli ekanini ta’kidlab, so‘nggi sakkiz yildagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning ulkan natijalarini qayd etdi.

Vatanimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan taqdirlash marosimi
27 avgust kuni Toshkentda Mustaqillik kuni munosabati bilan faxriy unvonlar, orden va medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoev tabrik so‘zida mamlakatdagi islohotlar qaytarilmas xarakter kasb etgani va ulkan natijalar berganini ta’kidladi.

So‘nggi sakkiz yilda O‘zbekiston YaIM 115 milliard dollarga yetdi, Xalqaro valyuta jamg‘armasining prognozlariga ko‘ra, bu yil 130 milliard dollardan oshadi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va 155 milliard dollarlik investitsiyalar hisobiga 100 mingdan ortiq loyiha amalga oshirildi, 7 milliondan ziyod fuqaro daromad manbaiga ega bo‘ldi. Yangi uy-joylar soni 500 ming xonadonga yetdi – bu mustaqillikning dastlabki 25 yiliga nisbatan to‘rt baravar ko‘p.

Ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi: bolalar bog‘chasidagi o‘rinlar 2,5 millionga yetdi, 466 ta yangi maktab qurildi, talabalarning soni besh baravar ortib – 1,5 millionga yetdi.

Prezident tadbirkorlarni “iqtisodiyot tayanchi” deb atadi. Sanoat mahsulotlari eksporti 28 milliard dollardan 62 milliard dollarga oshdi, qurilish hajmi to‘rt baravar ko‘paydi, xususiy qurilish kompaniyalari soni 30 mingdan oshdi.

Turizm va IT sohasi jadal rivojlanmoqda: turizm eksporti 3 milliard dollarga, IT xizmatlari esa ilk bor 1 milliard dollardan oshdi.

– Har bir yutuq – yangi korxonalar, yo‘llar, maktablar yoki shifoxonalar bo‘lsin – avvalo inson qadr-qimmatini ulug‘lash va uning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, – dedi Prezident.

Marosim yakunida Mirziyoev barcha mukofotlanganlarni tabriklab, “Yangi O‘zbekiston”ni barpo etishdagi hissalari uchun minnatdorlik bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing