Venesuelada Maduroga qarshi norozilik namoyishlari avj olmoqda

Dunyo

Venesuelada prezident saylovlari natijalari e’lon qilinganidan so‘ng Nikolas Maduro uchinchi muddatga saylanganidan keyin ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

Venesuelada Maduroga qarshi norozilik namoyishlari avj olmoqda
Norozilar yo‘llarni to‘sib qo‘yishmoqda, yonilg‘i solingan idishlarni oloqib tashlashmoqda va Ugo Chaves yodgorliklarini ag‘darishmoqda. Namoyishlar bir nechta yirik shaharlarni, jumladan, Karakas va Marakayni qamrab oldi, bu yerda politsiya ko‘z yosh oqizuvchi gazdan foydalanmoqda.

Venesuela mojarolarni kuzatish bo‘yicha observatoriyasining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 20 ta shtatda 187 ta norozilik namoyishi qayd etilgan. Oppozitsiya saylovlarda ommaviy soxtakorliklar haqida bayonot bermoqda va ularning nomzodi Edmundo Gonsales Maduroga qaraganda ko‘proq ovoz olganligini da’vo qilmoqda. Mustaqil ekzitpollar ham Gonsalesning ustunligini ko‘rsatmoqda.

Saylov natijalarini tan olmagan bir qator davlatlar, jumladan, Argentina va Peruga javoban Venesuela o‘z diplomatlarini chaqirib oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing