Vengriya Kiyevga yordam berishga to’sqinlik qilsa, Yevropa Ittifoqining muqobil rejasi yo’q
Siyosat
Agar Vengriya Kiyevga 50 milliard yevrolik yordam paketi berilishiga to’sqinlik qilsa, Belgiyaning muqobil rejasi yo‘q. Bu haqda Belgiya moliya vaziri Vinsent van Petegem “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Kelgusi hafta bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari sammitda Vengriyadan tashqari barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari Kiyev uchun mablag‘ ajratilishini tasdiqlashga tayyor. Agar Budapesht norozilik bildirsa, u Yevropa Ittifoqi aʼzosi sifatida ushbu masala boʻyicha ovoz berish huquqidan mahrum qilinishi mumkin va qaror uning ishtirokisiz qabul qilinadi.
Bordi-yu, Vengriya Yevropa Ittifoqi byudjetidan yordam ajratishga to’sqinlik qilsa, Yevropa Ittifoqining muqobil rejasi bormi yoki yo'qmi degan savolga vazir quyidagicha javob berdi: "Ayni paytda hech qanday zaxira rejasi yo'q. O‘ylaymanki, hali ko’rib chiqishimiz kerak bo’lgan ko‘pgina muqobil variantlar bor”.

Powered by Froala Editor