Vengriya OTP banki "Ipoteka-bank"ga qo'shimcha 70 million dollar sarmoya kiritdi

Iqtisodiyot

O'zbekiston banki bilan tuzilgan bitim Vengriya guruhining ustav fondidagi ulushini oshirishga olib keldi. Endi u 80% ga yaqin.

Vengriya OTP banki "Ipoteka-bank"ga qo'shimcha 70 million dollar sarmoya kiritdi
"Ipoteka-bank" matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, Vengriya OTP banki “Ipoteka-bank” ATIBning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi egaligidagi aksiyalari 75 foizini sotib olib, mamlakatimiz bank sektorini xususiylashtirishda ishtirok etayotgan OTP Bank “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitaliga qo‘shimcha 70,0 mln. AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan holda, bank kapitalidagi o‘z ulushi miqdorini 79,6 foizga yetkazdi.

Qayd etilishicha, emissiya qilingan 844 633 300 000 dona oddiy aksiyalar paketi, “Ipoteka-bank” ATIB va OTP bank o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan OTP bankka joylashtirildi.

Natijada, OTP Bank tomonidan kiritilgan ushbu investitsiya hisobiga “Ipoteka-bank” ATIB ustav kapitali 28,3 foizga oshib, 3 834,2 mlrd. so‘mga yetdi. Bu, o‘z navbatida, bankning mamlakatimiz moliyaviy xizmatlar bozoridagi mavqei mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing