Vengriya Ukraina bo'yicha tinchlik muzokaralari tarafdori bo'lgani uchun hujumga uchramoqda

Siyosat

Vengriya Tashqi ishlar vaziri Piter Siyartoning ma'lum qilishicha, Vengriya Ukraina bo'yicha tinchlik muzokaralari tarafdori bo'lgani uchun Yevro-Atlantika hamjamiyatining kuchli hujumlari ostida qoldi. U aksariyat davlatlar harbiy mojaroni to’xtatmoqchi ekanini ta’kidladi, biroq qaysi davlatlar haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

Vengriya Ukraina bo'yicha tinchlik muzokaralari tarafdori bo'lgani uchun hujumga uchramoqda
Janob Siyartoning so’zlariga ko‘ra, Vengriya odamlar hayotini saqlab qolishning yagona yo‘li Ukrainadagi mojaroni imkon qadar tezroq to’xtatish ekaniga doimo ishonib kelgan. Vengriya hukumati otashkesim va tinchlik muzokaralarini bunga erishishning yagona yo'li deb biladi.

Shuningdek, u Vengriya, hujumlarga qaramay, vaziyat bo'yicha o'z fikrini bildirishda davom etishini aytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing