World Aquatics Rossiya va Belarus sportchilariga taqiqni bekor qildi
Dunyo
Xalqaro suzish federatsiyasi (World Aquatics) Rossiya va Belarus sportchilariga nisbatan cheklovlarni bekor qildi.
Endilikda ular neytral maqom ostida estafeta va guruh yo‘nalishlarida (masalan, sinxron suzish va sho‘ng‘ish) ishtirok etishlari mumkin. Ilgari faqat individual musobaqalarda qatnashishga ruxsat berilgan edi.
Ushbu qaror Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tomonidan ilgari surilgan tavsiyalar doirasida qabul qilindi.
Musobaqalarda qatnashish shartlari
Sportchilar qatnashish uchun qattiq talablarni bajarishlari kerak,
Neytral maqom: Sportchilar o‘z mamlakatlarining bayrog‘i va gerbi ostida ishtirok etolmaydi. Ular World Aquatics bayrog‘i ostida chiqish qiladilar.
Harbiy aloqalardan voz kechish: Rossiya yoki Belarus harbiy kuchlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoki ularni ochiq qo‘llab-quvvatlayotgan sportchilar musobaqalarga qo‘yilmaydi.
Siyosiy neytrallik: Sportchilar, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda, o‘z hukumatlarining harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi har qanday bayonotlar berishdan tiyilishlari shart.
Yangi qoidalar asosida ushbu mamlakatlarning neytral jamoalari endi estafeta va guruh musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin. Biroq suv polosi musobaqalariga hali ruxsat berilmagan, chunki bu o‘yin jismoniy kontaktda bo‘lgani uchun siyosiy jihatdan noqulay hisoblanmoqda,deb bayonat berdi SWIMMING WORLD.
Boshqa xalqaro sport federatsiyalari ham Rossiya va Belarus sportchilarini shartli ravishda qaytarish ustida ish olib bormoqda.
Bu qaror sport dunyosida turli munosabatlarni keltirib chiqarmoqda. Ba’zilar bu xatti-harakatni sportdagi xolislikni saqlash uchun zarur, deb hisoblasa, boshqalar Ukrainadagi mojaroga nisbatan belgilangan ramziy pozitsiyani zaiflashtirishi mumkin degan xavotirda, deya xabar beradi Astra.

Powered by Froala Editor