WSJ: Eron AQSh va Isroil bilan qarama-qarshilikning yangi bosqichiga tayyorlanmoqda

Dunyo

Eron rasmiylari AQSh va Isroilning o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlari uzoq muddatli kelishuvga erishishdan ko‘ra iqtisodiy bosimni kamaytirish va ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) Eronning nomi oshkor etilmagan amaldorlari va razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

WSJ: Eron AQSh va Isroil bilan qarama-qarshilikning yangi bosqichiga tayyorlanmoqda
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron hozirgi muzokaralarni vaqtinchalik tanaffus sifatida ko‘rmoqda. Eron rahbariyati keyingi qarama-qarshilikka tayyorligini saqlab qolayotgan bo‘lib, bu tomonlar o‘rtasidagi chuqur ishonchsizlikni ko‘rsatadi.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (KQIK) harbiy boshqaruvdagi rolini kuchaytirmoqda, muhim lavozimlarga urush faxriylarini tayinlamoqda hamda raketa va uchuvchisiz qurilmalar ishlab chiqarishni tezlashtirmoqda. Shu bilan birga, kontrrazvedka operatsiyalari ham kengaytirilmoqda.

Nashr manbalari qarama-qarshilik Fors ko‘rfazidagi infratuzilmaga tahdidlar va mintaqadagi ayrim davlatlarda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni ham qamrab olishi mumkinligini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar arab davlatlari razvedka ma’lumotlari va WSJ manbalarining baholariga asoslangan.

Shu bilan birga, Tehron, nashrga ko‘ra, mojaroning yanada kuchayishi ichki beqarorlikning ortishiga olib kelishidan xavotirda.

Xabarlarga ko‘ra, iyun oyida AQSh va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatish va muzokaralarni boshlashni nazarda tutuvchi anglashuv memorandumini imzolagan. Biroq keyinchalik kelishuv buzilgan va harbiy harakatlar qayta boshlangan. Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlik vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etishni qiyinlashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing