XAES O‘zbekistonni atom elektr stansiyasi qurilishida qo‘llab-quvvatlaydi
O'zbekiston
Samarqandda "Islom Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishini boshladi.
Unda, jumladan, Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining anjuman ishtirokchilariga murojaati o'qib eshittirildi. Mamlakat rahbarining murojaatida iqlim o'zgarishlarining salbiy ta'siri va an'anaviy energiya manbalari taqchilligi yaqqol sezilayotgan hozirgi sharoitda tinch atom hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanishi ta'kidlangan.
Atom energiyasi bo'yicha ilg'or texnologiyalarning joriy etilishi mamlakatimiz rivojlanishiga kuchli turtki berishi hamda yangi ilmiy-texnologik ishlanmalar va innovatsion iqtisodiyotga o'tish uchun imkon yaratishiga ishonch bildirildi.
Shuning uchun mamlakatda sohanning huquqiy-institutsional asosi mustahkamlandi, maxsus agentlik tashkil etildi, soha uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi joriy etildi.
O'zbekiston jahonning birinchi davlatlaridan bo'lib, xalqaro talab va standartlarga muvofiq kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini barpo etishga kirishdi.
Prezident o'z murojaatida Xalqaro atom energiyasi agentligiga O'zbekistonning bu boradagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Samarqanddagi anjuman Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda tinch atomdan samarali foydalanish bo'yicha aniq tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqish uchun g'oyat zarur muloqot maydoni bo'lib xizmat qilishini ta'kidlab, uning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Powered by Froala Editor