"Xalq banki" — O‘zbekistonda eng mashhur bank

O'zbekiston

Markaziy bankning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyul boshiga kelib O‘zbekistonda 62,3 millionga yaqin bank kartalari muomalada bo‘lgan. Bozorning yarmi atrofida atigi beshta bank nazorat qiladi.

"Xalq banki" — O‘zbekistonda eng mashhur bank
"Xalq banki" 10,08 million karta chiqarib, bozordan 16% ulush olgan va yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda "Agrobank" (7,68 mln — 12%), uchinchi o‘rinda esa "Ipoteka bank" (5,02 mln — 8%) turibdi.

Top-5 ro‘yxatiga, shuningdek, TBC Bank (4,67 mln — 7,5%) va "Milliy bank" (4,16 mln — 6,7%) kirgan. Ularning umumiy ulushi 50% dan ortiq.

Eng kam karta chiqargan banklar: "Soderot Bank Toshkent" (2,3 mingta), Apex Bank (11,3 mingta), "Madad Invest Bank" (18,7 mingta), "Poytaxt Bank" (31,5 mingta) va Hayot Bank (62,6 mingta). Ularning umumiy bozordagi ulushi 0,1% dan kam.

Naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatda bank kartalaridan faol foydalanuvchilar orasida muntazam ravishda lotereyalar o‘tkazilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing