Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 70 ming dollar mukofot beriladi

O'zbekiston

O‘zbekiston yoshlariga ilm-fan sohasida katta rag‘bat beruvchi yana bir muhim qaror qabul qilindi. Davlat rahbari yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun ajratiladigan mukofot miqdorini sezilarli darajada oshirilishini e’lon qildi.

Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga 70 ming dollar mukofot beriladi
Endilikda nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilari 937,5 million so‘m (taxminan 70 000 AQSh dollari) miqdorida mukofot oladilar. Bu avval belgilangan 187,5 million so‘mlik mukofotning 5 karra oshirilishi demakdir.

Shuningdek, g‘olib o‘quvchilarning ustozlari ham e’tiborsiz qoldirilmaydi. Ular 168 million so‘m (taxminan 13 000 AQSh dollari) miqdorida mukofot bilan taqdirlanadilar.

Bu yangilik ilm-fan sohasidagi yoshlarni rag‘batlantirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. Ilgari sport sohasiga katta e’tibor qaratilishi ta’kidlanar edi, ammo ushbu qaror ilm ahli uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu olimpiada maktab o‘quvchilari uchun har yili o‘tkaziladi.

Ilm oling, bilim oling. Najot ilmda!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing