Xalqaro Hippo 2025 olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston

Bugun, 15-mart kuni "Hippo English without Borders" Xalqaro ingliz tili olimpiadasining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari ishtirok etib, ingliz tili fanidan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Xalqaro Hippo 2025 olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
Mazkur xalqaro olimpiadada Interhouse Lyceum akademiyasining ham yosh va iqtidorli o‘quvchilari qatnashishdi. Ushbu akademiya xorijiy metodlar asosida ta’lim beruvchi, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan muassasa bo‘lib, xalqaro miqyosdagi bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish maqsadida faoliyat olib boradi.

"Hippo English without Borders" Xalqaro ingliz tili olimpiadasi Italiya Tashqi ishlar vazirligi homiyligida o‘tkaziladigan nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada dunyoning 65 davlatidan minglab ingliz tili o‘rganuvchilarni birlashtiradi. Tanlovning asosiy maqsadi - yoshlarning ingliz tilidagi savodxonligini oshirish va ularni global miqyosda bilim almashishga rag‘batlantirishdir.

Hippo Olimpiadasi nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini sinovdan o‘tkazish, balki ularning xalqaro tajribaga ega bo‘lishlari, til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda o‘z tengdoshlari bilan musobaqalashish imkonini taqdim etadi. Olimpiada bosqichma-bosqich o‘tkazilib, eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘l olishadi. Yakuniy bosqichda esa eng iqtidorli yoshlar xalqaro miqyosdagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar.

Interhouse Lyceum akademiyasi va boshqa ta’lim muassasalari o‘quvchilarining bunday xalqaro musobaqalarda faol ishtiroki, kelajakda O‘zbekiston yoshlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishiga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing