Xanchjou-2022. Kurashchilar Oʻzbekiston hisobiga 3 ta oltin va 1 ta kumush yozib qoʻydi

Sport

O‘zbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi jami medallari soni hozircha 36 taga yetdi va jamoa umumjamoaviy medallar jamg‘armasida Hindiston hamda Tailandni ortda qoldirib, yana 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Xanchjou-2022. Kurashchilar Oʻzbekiston hisobiga 3 ta oltin va 1 ta kumush yozib qoʻydi
O‘zbekiston Xanchjou shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 10 ta oltin, 11 ta kumush va 15 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 4-o‘ringa qaytdi.

Bugun kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi birinchi kunning o‘zida 3 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan 100 foizlik natija qayd etishdi.

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Muhsin Hisomiddinov ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi. U finalda turkmanistonlik Tejen Tejenovdan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing