Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan erkaklar va ayollar jamoalari tarkibi e’lon qilindi. Mazkur o‘yinlar Parij Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati e’lon qilindi
23-sentabr – 8-oktyabr kunlari Xitoyning Hanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Musobaqa dasturidan boks bo‘yicha bellashuvlar ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston boks federatsiyasida rahbariyat, milliy jamoalar bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda Hanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilar nomi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, boks bo‘yicha milliy jamoamiz Osiyo O‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Xabibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Katta murabbiylar: Steyners Tissert Xuan Enrike, Rahmatjon Ro‘zioxunov
Murabbiylar: Li Echeveriya Xulio, Farrux Qilichev, Morales Montero Xesus Alberto, Akmal Hasanov, Davron Gafurov, Ziyatdinbek Toygonboyev, Yergali Yarashov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.

Ayollar jamoasi:

-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Rayhona Qodirova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Aziza Zokirova

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Timur Axbayev, Anna Sidorova, Islom Tojiboyev.

Menejyer: Zohidxo‘ja Adhamxo‘jayev.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing