Xitoy internet gigantlari $5 mlrdlik Nvidia chiplariga buyurtma berdi

Iqtisodiyot

Xitoy internet gigantlari A800 chiplarini zaxiralashga shoshilmoqda. Chunki, Bayden ma'muriyati hatto zaiflashgan Nvidia chiplariga ham ta'sir qiladigan yangi eksport cheklovlarini ko'rib chiqyapti.

Xitoy internet gigantlari $5 mlrdlik Nvidia chiplariga buyurtma berdi
Xitoy internet gigantlari Nvidia kompaniyasining sun'iy intellekt tizimlarini yaratish uchun zarur bo'lgan yuqori sifatli chiplarini sotib olishga shoshilmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Xitoyning yirik kompaniyalari AQShning eksport nazoratini kuchaytiruvchi yangi farmonlaridan qoʻrqib, shoshilinch ravishda Nvidia chiplariga 5 milliard dollarlik buyurtma berishgan.

Bundan tashqari, Baidu, ByteDance, Tencent va Alibaba kompaniyalari AQSh chip ishlab chiqaruvchisidan 100 000 ga yaqin A800 protsessorlariga 1 milliard dollarlik buyurtma berdi. Ular joriy yilda yetkazib beriladi.

Nvidia’ga yaqin ikki kishining so'zlariga ko'ra, Xitoy kompaniyalari 2024-yilda yetkazib berishi rejalashtirilgan 4 milliard dollarlik GPU sotib olgan.

Ma’lum qilinishicha, A800 - bu ma'lumotlar markazi uchun mo'ljallangan Nvidianing ilg'or A100 GPU’ning kuchsizlantirilgan versiyasi hisoblanadi.

2022-yilda Vashington tomonidan Pekinning texnologik ambitsiyalarini bo'g'ish maqsadida joriy qilingan eksport cheklovlari tufayli, Xitoy texnologiya kompaniyalari faqat A100’larga qaraganda pastroq ma'lumot uzatish tezligiga ega A800’larni sotib olishlari mumkin.

Xitoy internet gigantlari A800 chiplarini zaxiralashga shoshilishmoqda. Chunki, Bayden ma'muriyati hatto zaiflashgan Nvidia chiplariga ham ta'sir qiladigan yangi eksport cheklovlarini ko'rib chiqyapti. Undan tashqari, GPU taqchilligi tufayli unga boʻlgan talab haddan tashqari oshmoqda.

Ma’lumot uchun, 9-avgust kuni Vashington kelasi yildan boshlab amerikaliklarga Xitoyning kvant hisoblash texnologiyalari, ilg'or chiplari va sun'iy intellekt sektorlariga sarmoya kiritishiga ta’qiq qo'yishini e'lon qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing