Xitoy, Rossiya va Eron AQShning yadroviy sanksiyalarini bekor qilishni talab qilmoqda
Dunyo
Moskva va Pekin G‘arbni Tehronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Ular buni Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha muloqotni tiklash zarurati bilan izohladi.
Pekinda bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvda Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chjaosuy, Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov va Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim Garibabadi AQShning Tehronga nisbatan sanksiyalarini to‘xtatishni talab qilib, qo‘shma bayonot berdi.
Muzokaralar Donald Trampning Eronga oid yadroviy bitimni qayta muhokama qilishga urinishlari fonida bo‘lib o‘tdi. Biroq Eron oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomeniy bu tashabbusni rad etib, "tajovuzkor hukumat" bilan muzokara olib borish niyatida emasligini bildirdi.
Rossiya va Xitoy, Eronning asosiy iqtisodiy hamkorlari sifatida, Tehronni sanksiyalarning bekor qilinishi masalasida faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Energetika sohasidagi yaqin hamkorlikdan tashqari, Eron Rossiyaga Ukrainadagi mojaro davomida qo‘llanilayotgan dronlarni yetkazib bermoqda.
Shuningdek, Moskva va Pekin 2015-yilda imzolangan yadroviy kelishuv (JPAQ) tarafdorlari bo‘lib, unga ko‘ra, Eron uran boyitish dasturini cheklash evaziga sanksiyalar yengillashtirilgan edi. Biroq AQSh 2018-yilda Donald Trampning qarori bilan ushbu kelishuvdan chiqdi va uni “yomon bitim” deb atadi.
Eronning keskin ritorikasiga qaramay, uning Rossiya va Xitoy bilan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilgani, Tehronning G‘arb bilan muloqot qilishni istamaslik haqidagi rasmiy pozitsiyasiga shubha uyg‘otmoqda.

Powered by Froala Editor