Xitoy “Tianhui-5” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi
Dunyo
Qurilma Xitoy shimolidagi Tayyuan kosmodromidan CZ-6 raketasi yordamida orbitaga chiqarildi.
Xitoy Yerni masofadan zondlovchi “Tianhui-5” sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi ma'lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, qurilma Xitoy shimolidagi Tayyuan kosmodromidan CZ-6 raketasi yordamida mahalliy vaqt bilan 06:50da orbitaga chiqarilgan.
Qayd etilishicha, " Tianhui-5" asosan geografik hisob-kitoblar bilan bog'liq loyihalarda, yer resurslarini o'rganishda va ilmiy tajribalar o'tkazishda qo'llaniladi.
CZ-6 suyuq yoqilg'ida ishlaydigan uch bosqichli raketa bo'lib, maksimal diametri 3,35 m, uzunligi 29,2 m ga yetadi va 1 tonna foydali yukni quyosh sinxron orbitasiga chiqarishga qodir.

Powered by Froala Editor