Xitoyda ilk uchuvchi taksilarga litsenziyalar berildi
Dunyo
Xitoy hukumati havo transportida yangi bosqichni boshlab berdi. Mamlakatda ilk bor uchuvchi taksilardan foydalanishga ruxsat berildi. EHang Holdings va Hefei Hey Airlines kompaniyalariga avtonom havo taksilarini tijorat asosida boshqarish uchun litsenziyalar rasmiy tarzda taqdim etildi. Bu tarixiy qadam Xitoyda yo‘lovchilarni tashish sohasida uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanish yo‘lini ochadi.
Uchuvchi taksilar Xitoyning istiqbolli “past balandlik iqtisodiyoti” konsepsiyasining ajralmas bo‘lagiga aylanishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda bu texnologiyalar sayyohlik maqsadlarida – masalan, shaharlar ustidan havo sayohatlari uchun qo‘llaniladi. Biroq uzoq muddatli maqsad — ularni to‘laqonli shahar transport tizimiga joriy qilishdir.
Texnologiyalar rivojlanayotgani sayin, Xitoy global havo mobiliteti bozorida yetakchi o‘rinlarni egallashga intilmoqda. Ekspertlar fikricha, bunday transport vositalari yaqin kelajakda katta shaharlarning tirbandlik muammolarini yengillashtirishi mumkin.

Powered by Froala Editor