Xohlaganingizni qiling: Eron prezidenti Tramp bilan muzokaralardan bosh tortdi
Dunyo
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian Donald Trampning muzokaralar o‘tkazish haqidagi chaqirig‘iga keskin javob qaytardi va agar unga bosim o‘tkazishda davom etsa, Eron kelishuvlarni muhokama qilmasligini aytdi.
Tehrondagi tadbirda so‘zga chiqqan Pezeshkian AQSH tomoni tahdidlar tilidan foydalanayotgan bir paytda Vashington bilan muzokaralar olib bormoqchi emasligini aytdi. "Ular buyruq berishadi va bo‘ysunishimizni talab qilishadi. Men bosim ostida muzokaralar olib bormayman. Xohlaganingizni qiling," - deya uning so‘zlarini keltiradi Eron davlat axborot agentligi.
Tramp Fox Business telekanaliga bergan intervyusida Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyga maktub yo‘llab, muzokaralarni qayta boshlashni taklif qilganini aytdi. Biroq Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi Vashingtondan rasmiy xabarlar kelmaganini ma’lum qildi. Keyinchalik amerikalik rasmiyning tan olishicha, maktub haqiqatan ham yozilgan, biroq yuborilmagan.
Shu bilan birga, Tehron yadroviy dasturini kuchaytirishda davom etmoqda. Yaqinda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eron uranni boyitishni 60 foizga - qurolga yaqin darajagacha tezlashtirganini ma’lum qildi.
Oyatulloh Xomanaiy va Eronning boshqa yuqori martabali amaldorlari, jumladan, tashqi ishlar vaziri Abbos Erakchi AQSH bilan muzokaralar faqat mamlakat suvereniteti hurmat qilinganda va sanksiyalar bekor qilingandagina mumkinligini bir necha bor aytgan. "Ular bizga o‘z shartlarini qo‘ymoqchi, biroq biz buni qabul qilmaymiz," deb qayd etgan Xomanaiy.
Ushbu keskinlik fonida Vashington va Tehron o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklash istiqbollari juda noaniq bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor