Isroil falastinliklarga Xon-Yunisdan qochishni buyurdi
Dunyo
Isroil armiyasi Xon-Yunisning katta qismidan falastinliklarni ommaviy evakuatsiya qilishga buyruq berdi, bu G‘azoning ikkinchi yirik shahriga yangi quruqlik hujumi boshlanishidan darak beradi, deya xabar bermoqda Associated Press.
Evakuatsiya buyrug'i shuni ko'rsatadiki, Xon-Yunis HAMAS jangchilarini yo'q qilishga qaratilgan Isroil harbiy operatsiyalarining navbatdagi o'chog'i bo'lishi mumkin. Bu yil boshida uzoq davom etgan hujumdan shahar allaqachon katta zarar ko'rgan. Ko'plab falastinliklar Isroilning oldingi hujumlaridan qochish uchun G'azo janubidagi boshqa shahar Rafahdan Xon-Yunisga ko'chib o'tgan edi.
“Mobil telefonlarimizga evakuatsiya haqida xabar keldi, ― deydi Xon-Yunisni tark etgan ayol Zaynab Abu Jazar. — Mana bu bolalarga qarang, qanday ketayotganiga qarang, ketish uchun bironta mashina topolmadik”.
Isroil armiyasi evakuatsiya qilinganlarni xavfsiz hudud sifatida belgilangan qirg‘oqbo‘yi hududi, hozir gavjum va antisanitariya talablari bo‘lmagan chodir lagerlari bilan to‘lib-toshgan Muvasi shahriga ko‘chishga yo‘naltirdi.
Isroilning joriy hujumi HAMAsning 7-oktyabrdagi hujumiga javoban boshlandi, oqibatda Isroil janubida taxminan 1200 kishi halok bo'ldi va 250 kishi garovga olindi. G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Isroil hujumlari dastidan shundan beri kamida 37,900 falastinlik halok bo’ldi, ammo vazirlik ular orasida qancha tinch aholi va jangarilar borligini aniqlashtirmadi.

Powered by Froala Editor