X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi
O'zbekiston
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (849-son, 18.12.2024-y.) qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko’ra, 2026-yil 1-iyungacha Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati boʻlimini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashgan davlat standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar, shuningdek, yuqori malakali professional kadrlar bilan taʼminlash choralari koʻriladi.
Sud ekspertiza markazida isteʼmol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshiruvchi Isteʼmol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi tashkil qilinadi.
Sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida quyidagi ekspertiza va tadqiqot turlari bosqichma-bosqich joriy etiladi:
2025-yil 1-oktyabrgacha Sud ekspertiza markazining Navoiy viloyati boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari;
2026-yil 1-noyabrgacha Sud ekspertiza markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Sud-fonografiya, sud-yongʻin texnika va elektrotexnika ekspertizalari;
2026-yil 1-dekabrgacha Sud ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari.

Powered by Froala Editor